"Bojalar" guruhidagi Mo`min kecha vafot etdi...
Ushbu mish-mishni eshitib hayron qoldik. Qaniydi yolg`on bo`lib chiqsa deb o`ylagandek...
Afsus mish-mish, rost bo`lib chiqdi. U xali yosh edi. Jahongir Poziljonov uni "jigarim" derdi. Bu yili u endigina 25 bahorni qarshilagan edi. Uning orzusi Katta xovli qurib, o`sha uyda baxtli yashash edi. Uning shiori "Olg'a" edi. U ham rejissyor bo`lib film suratga olmoqchi edi. Rafiqasi bilan birga ssenariy yozib uni "Xirs" deb nomladi. Keyin esa nomini o`zgartirib "Qalbaki dunyo" deb nomlagandi...
U suratga olgan filmni endi hech kim ko`ra olmaydi... U yaqinda ota bo`lgandi. Bir necha yil avval ular avto halokatga uchrashgan edi. O`sha mudhish voqea yana qaytarildi. U ham hayrlashmay ketdi. Xuddi ertaga keladigandek ketdi. Lekin afsus endu u qaytmaydi. Qo`limizni duoga ochib Alloh uni ruhini shod etib joyini jannatdan qilishini so`raylik.